jins

Uztransgaz

05.01.2023

“O‘ztransgaz” AJ tizim korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish davom etmoqda.

Toshkent MGQBning ishlab chiqarish obyektlarida 2022-yil davomida sig‘imi 200 litrli 9 dona quyosh suv isitish uskunasi o‘rnatildi. Bundan tashqari, boshqarma bosh binosi va GTSlarida 271 dona, “Ohangaron” GSS sanoat maydonchasida 81 dona, jami 352 dona quyosh paneli va akkumulyator batareyalari bilan jihozlangan yoritgichlar o‘rnatildi.
“2022-yilda «O‘ztransgaz» AJ obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish chora-tadbirlar” rejasiga muvofiq, Boshqarma maʼmuriy binosining tom qismiga akkumulyator batareyalar bilan jihozlangan quvvati 5 kVt/soat bo‘lgan 1 jamlanma hamda akkumulyator batareyalarsiz quvvati 55 kVt/soat bo‘lgan 1 jamlanma, shuningdek, “Bektemir” GSSda quvvati 10 kVt/soat bo‘lgan 1 jamlanma quyosh fotoelektr stansiyasi ham o‘rnatildi.
2023-yilda Toshkent MGQB qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish maqsadida, jami quvvati 304 kVt/soat bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari, shu jumladan, 5 dona quyosh suv isitish qurilmasi va 150 dona quyosh panelli svetodiyodli yoritgich o‘rnatishni rejalashtirgan. Qurilmalarni o‘rnatish hisobiga yiliga o‘rtacha 287 328 kVt/soat elektr energiyasi tejab qolishga erishiladi.

Возврат к списку