Yo‘l qoidasi – umr foydasi
Uztransgaz
15.01.2025
“O‘ztransgaz” AJ tizim tashkilotlarida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Avtotransport vositasi haydovchilari uchun mashg‘ulotlarda IIB YHX xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida o‘tkazilgan mashg‘ulotda avtotransport xizmati masʼullari va haydovchi xodimlari o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizli qoidalariga rioya qilish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, gaz transport tizimida avtotransport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishni taʼminlash haqida so‘z bordi. Buxoro viloyati IIB YHXB vakillari ishtirokchilarga avtotransport haydovchilarning vazifa va huquqlari, harakat xavfsizligiga to‘liq rioya etishni taʼminlashga qaratilgan ma'lumot, ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi.