Yong‘in o‘chiruvchi avtoulov haydovchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi
Uztransgaz
05.11.2025

"O‘ztransgaz" AJning xodimlar malakasini oshirishga oid 2025-yilgi rejasi doirasida "UTG training" o‘quv markazi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlariga yong‘in o‘chirish avtoulov haydovchilari jalb etildi. O‘quv kursi amaliy mashg‘ulotlar shaklida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Xorazm viloyati Xiva tuman bo‘limi bilan hamkorlikda olib borildi.
