jins

Uztransgaz

14.12.2023


Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va boshqalarda yong‘in xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish va bu ishlarda fuqarolar ishtirokini taʼminlash ko‘zda tutilgan oylik doirasida "Shimoliy So‘x" GYOSIda ham tadbirlar o‘tkazildi


Dastlabki tadbirda Rishton tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan ishchi xodimlariga yong‘inlarning oldini olish, yong‘in paytida harakatlanish bo‘yicha ko‘rgazmali holatda tushuntirib berilgan bo‘lsa, inshoot o‘t o‘chirish guruhi ishtirokidagi navbatdagi tadbir avtotransport xo‘jaligi moy saqlash omborida o‘quv mashg‘uloti shaklida o‘tkazildi. Guruh xodimlari omborda yong‘in kelib chiqqan holatda harakatlanish va yong‘inni o‘chirish tartiblari, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘quv mashg‘uloti davomida ko‘rsatib berdilar. 



Возврат к списку