"Yong‘in xavfsizligi oyligi"doirasida..
Uztransgaz
11.12.2023
Samarqand MGQB muhandis-texnik va ishchi xodimlari uchun yong‘inlarning oldini olish va sodir bo‘lganda qanday chora-tadbir ko‘llash bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ishtirokchilarga ishlab chiqarish obyektlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatlari va ularning oldini olish choralari, asosiy yong‘in xavfsizligi qoida va talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Sanoat maydoni yong‘indan muhofaza qilish xizmati xodimlari tomonidan yong‘inni bartaraf etish texnikasi, uskuna va anjomlari, hamda asosiy himoya vositalari namoyish qilindi.

Ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan yong‘in xavfsizligiga oid savollariga Samarqand viloyati FFB xodimlaridan javob oldilar.



Ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan yong‘in xavfsizligiga oid savollariga Samarqand viloyati FFB xodimlaridan javob oldilar.

