"Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida tadbirlar davom etmoqda
Uztransgaz
02.12.2024
"Shimoliy Soʻx" GYOSIda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbir va o‘quv mashqlari o'tkazildi. Bunday tadbirlar xodimlarning mutaxassislar bilan hamkorlikda tezkor va samarali harakat qila olishlari uchun malaka sinovi sifatida ahamiyatli.
Inshootda o‘tkazilgan tadbirda ham shartli ravishda sodir bo‘lgan yong'in vaqtida harakatlanish va olovni bartaraf qilish bo'yicha mashqlar amalga oshirildi.