Yong'in xavfsizligi oyligi – ogohlikka chorlaydi!
Uztransgaz
14.12.2024
Qish mavsumi kirib kelishi bilan tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar xavfsizligini ta'minlash yanada dolzarb masalaga aylanadi. Yurtimizda 15-noyabrdan boshlab o'tkazilayotgan "Yong'in xavfsizligi oyligi" davomida bu masalaga jamoatchilik e'tiborini qaratish orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida Romitan tuman FVB bilan hamkorlikda o'tkazilgan taktik o'quv mashg'uloti ham favqulodda yaziyatlarda to‘g‘ri va samarali harakat qilish uchun tayyorgarlik sifatida ahamiyatli.