jins

Uztransgaz

10.10.2024

"O‘ztransgaz" AJ tomonidan davlatimiz rahbari boshchiligida 2023-yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilyapti. Respublikamiz hududlaridagi "O‘ztransgaz" AJga birirktirilgan, alohida eʼtiborga muhtoj yoshlar holidan xabar olinmoqda. Ularga ma'naviy yordam ko‘rsatilib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmoqda. 

Kuni kecha Chirchiq shahrida "Muruvvat" mahallasida yoshlar bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda hududdagi "og‘ir" toifadagi yoshlar bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.

Yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar, jumladan, ta’lim, bandlik, va ijtimoiy yordam masalalari haqida suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar, yoshlar bilan birga muammolarni hal etish yo‘llarini muhokama qilishdi va kelajakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan rejalar to‘g‘risida fikr almashdi.

Возврат к списку