Yoshlarga e’tibor – kelajakka poydevor
Uztransgaz
22.04.2025
Bugungi O‘zbekistonda yoshlar davlat siyosati markazida turibdi. Chunki mamlakatning ertasi – aynan yoshlar qo‘lida. Iste’dodli, harakatchan, tashabbuskor va yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan yosh avlod bugun nafaqat yurtimizda, balki jahon maydonida ham munosib o‘rin egallab kelmoqda. Biri – sportchi, biri – tadbirkor, biri – dasturchi. Ular orqali O‘zbekiston nomi dunyoda tiniq jaranglamoqda.

Biroq hayot shundayki, har bir yosh ham barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan emas. Oralarida birgina qo‘llov, e’tibor, kerakli sharoitga muhtoj bo‘lgan yigit-qizlar ham bor. Vatan esa o‘z farzandlariga hech qachon befarq bo‘lmagan. Ayniqsa, keyingi yillarda yoshlarga qaratilgan davlat siyosati orqali bunday yoshlar bilan individual ishlash, ularni aniq bir tashkilotlar himoyasiga topshirish amaliyoti yaxshi samara bermoqda.

Shuning yorqin misollaridan biri – “O‘ztransgaz” AJ rahbariyatining Bekobod tumanidagi yoshlarga ko‘rsatayotgan e’tibori va amaliy yordami. Jumladan, “Yangi hayot”, “Yoshlik”, “Parchayuz”, “Paxtakor”, “Dehqonobod” mahallalarida istiqomat qiluvchi 50 nafarga yaqin yoshlar ushbu tashkilotga biriktirildi. Bu ish faqat qog‘ozda emas, balki amalda ham samarali kechmoqda. Mas’ullar muammolarni joyida o‘rganib, ularni hal etish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda.

Xulosa shuki, yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash – bu nafaqat davlatning, balki har bir fuqaroning insoniy burchidir. Chunki yoshlar qanday bo‘lsa, yurt ertasi ham shunday bo‘ladi. Shu bois, kelajakni ulug‘ maqsadlar sari yetaklashni istasak, avvalo, yoshlarga ishonish va ularga munosib sharoit yaratishdan boshlashimiz kerak.