Yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadidagi manzilli uchrashuvlar davom etmoqda
Uztransgaz
26.09.2024
"O‘ztransgaz" AJ tomonidan Respublikamiz Prezidenti boshchiligida 2023-yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilyapti. Respublikamiz hududlaridagi "O‘ztransgaz" AJga birirktirilgan, alohida eʼtiborga muhtoj yoshlar holidan xabar olinmoqda. Ularga ma'naviy yordam ko‘rsatilib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Navbatdagi manzil Kogon tumani.
Bugun “O‘ztransgaz” AJ Markaziy apparati mas'ullari hamda Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi rahbariyati tomonidan tumanda istiqomat qilayotgan, "O‘ztransgaz" AJga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tumandagi “Istiqlol” mahallasida yashovchi “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ular hayotidagi muammolar va takliflari o‘rganildi. Tadbir natijasida 2 nafar yoshga tadbirkorlik qilish uchun moddiy yordam berilishi belgilandi. Yoshlarga Kasaba uyushma qo‘mitasining sovg‘alari ulashildi.