jins

Uztransgaz

25.10.2024

Mamlakatimizda yoshlar siyosatini rivojlantirish va ularning farovonligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati ham faol ishtirok etmoqda. Yaqinda jamiyat vakillari Muborak tumanida yashovchi yoshlar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari va ehtiyojlari bilan tanishgandi.

Oldingi muloqotlar davomida jamiyat xodimlari “Obod turmush” mahallasida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolari va takliflarini diqqat bilan tingladilar. Shundan so‘ng, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilandi va ularni amalga oshirish boshlandi. Jumladan, baʼzi xonadonlarga sovuq mavsum uchun zarur bo‘lgan issiq kiyim va boshqa kerakli buyumlar yetkazib berildi. Eng eʼtiborlisi, ushbu kiyimlar "O‘ztransgaz" xodimlari tomonidan ko‘ngilli ravishda yig‘ilgan bo‘lib, kelayotgan qish kunlarida yoshlar uchun qo‘shimcha yordam bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga ko‘mak beribgina qolmay, ularga atrofdagilarning eʼtibor va g‘amxo‘rligini ham yetkazmoqda.

"O‘ztransgaz" AJning bu kabi tadbirlarida yoshlar qiziqishlari va ehtiyojlariga mos ravishda taʼlim, kasb-hunar o‘rgatish va bandlik masalalari ham kun tartibida. Ular bilan muntazam muloqot va hamkorlik orqali yigit-qizlarning hayotini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Возврат к списку