Yoz chillasi, havo harorati yuqori...
Uztransgaz
01.07.2022

Shunga qaramay Farg’ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlari magistral gaz quvuri tarmog'ini kuz-qish mavsumiga tayyorlayapti. Ayni kunlarda So'x-Namangan magistral gaz quvurining 1-tarmog’i 57-kilometrida mukammal ta’mirlash ishlari qizg’in davom etmoqda. Mukammal ta’mirlashdan so’ng quvurning ishonchlilik darajasi ortishi bilan birga iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish hajmining oshishiga ham imkon paydo bo'ladi.

