Yulduz “Yulduz” tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Uztransgaz
29.03.2024
Xabar berilganidek, (https://t.me/uztg_uz/1948)O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan tizimdagi faol xotin-qizlar o‘rtasida “Yulduz” xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi. Ayollarning kasaba uyushmalari faoliyatidagi yutuqlarini eʼtirof etish, zamonaviy jamiyatda ularning roli, ijtimoiy faolligini ommalashtirishni maqsad qilgan ushbu tanlovda “O‘ztransgaz” AJ G‘allaorol MGQB xodimi Yulduz Ergasheva ham ishtirok etdi.

Tadbirning respublika bosqichida uyushma vakillari Y.Ergashevaning ijtimoiy sheriklik amaliyoti, tashkilotda mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ayollar va yoshlar bilan ishlash tizimining mavjudligi, ommaviy-madaniy, sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ishlari yuqori baholadi. Shunday qilib bizning Yulduz “Yulduz” xalqaro ko‘rik tanlovida 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Bugun boshqarmada o‘tkazilgan tadbirda Y.Ergashevaga 1-darajali diplom va 5 million so‘m pul mukofoti tantanali surʼatda topshirildi. Bunday eʼtirof xotin-qizlarimizni mehnatda yanada ulkan marralarga ilhomlantiradi.