Yuqori bosimli gaz quvurlari atrofida qurilmalar bo‘lmasligi kerak
Uztransgaz
13.02.2023
G‘allaorol MGQB xizmat ko‘rsatadigan "Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent" (JBST-720 mm), "Xovos-Farg‘ona" 1-tarmoq (426 mm) va "Xovos-Farg‘ona" 3-tarmoq (720 mm) magistral gaz quvurlari va “Boyovut” gaz taqsimlash stansiyasining Xovos tumanidan o‘tgan qismida 47 ta noqonuniy qurilma mavjudligi aniqlangan. Shundan 25 tasi bo‘yicha Boyovut tuman Fuqarolik sudiga shikoyat kiritilgan.

"DBST" gaz quvuri va “Yangiyer-Toshkent” (1220 mm) magistral gaz quvurlarining Sirdaryo tumanidan o‘tuvchi qismining muhofaza hududida esa 5 ta noqonuniy qurilma mavjud. Ushbu noqonuniy qurilmalarni xavfsiz joyga ko‘chirish haqida qurilma egalari bir necha bor ogohlantirilgan, ammo ijro paysalga solinyapti. G‘allaorol MGQB mas’ullari qurilmalarni xavfsiz joyga ko‘chirish, masalaga qonuniy yechim topish maqsadida tuman fuqarolik sudiga taqdimnoma kiritgan.
Sud jarayonlari oldidan tuman Fuqarolik sudi sudyasi, Kadastr agentligi xodimlari, Sirdaryo viloyat arxitektura boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda joylarga chiqib, mavjud qurilmalar holat o‘rganildi. Sudda ushbu o‘rganish natijalari taqdim etiladi.