jins

Uztransgaz

10.11.2022

“O‘ztransgaz” AJ va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. Boshqaruv ijroiya apparati xodimlari kuzda hammasi bo‘lib 250 tup ko‘chat ekadi. Dastlabki tadbirda Yashnaobod tumanidagi mahallalarga 100 tup manzarali daraxt ko‘chati ekildi. 

"Shimoliy So‘x" gazni yer ostida saqlash inshooti ishchi xodimlari inshoot hududi va inshootga keluvchi yo‘l qirg‘oqlariga 100 tup mevali va manzarali daraxtlar hamda gullar ekishdi. "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi bosqichi doirasida inshoot hududiga 330 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan. Tadbir davomida shuningdek, inshoot bog‘larida kuzgi shudgorlash va daraxtlarga shakl berish ishlari ham amalga oshirildi. 





Возврат к списку