Zamonaviy gaz hisoblash uskunalari o‘rnatilmoqda
Uztransgaz
02.06.2023
«O‘ztransgaz» AJ tizimida olib boriladigan joriy yil uchun mo‘ljallangan mukammal ta’mirlash reja-jadvaliga asosan, Zirabuloq MGQB Metrologiya xizmati 18 tarmoqdagi ma’nan eskirgan elektron gaz hisoblash uskunalarini yangi «Floboss-107» bilan almashtirdi. Yangi elektron gaz hisoblash uskunalari ancha qulay va zamonaviy bo‘lib, ortiqcha mehnat hamda vaqt talab qilmaydi. Ular yordamida gaz hisobini yuritish osonlashadi, yo‘qotishlar oldini olinadi.
Bundan tashqari Zirabuloq MGQBga qarashli yana 7 tarmoqga yangi «Floboss-107» rusumli elektron gaz hisoblash uskunasini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari Zirabuloq MGQBga qarashli yana 7 tarmoqga yangi «Floboss-107» rusumli elektron gaz hisoblash uskunasini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.