jins

Uztransgaz

05.10.2023

Urganchda "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi kubogi uchun mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi. Bellashuvlarda "O‘ztransgaz" AJning tarkibiy tuzilmalaridan 13 jamoa ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Zaung‘ur MGQB, 2-o‘rinni Kogon MGQB, 3-o‘rinni esa Muborak MGQB jamolari qo‘lga kiritdi. Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Musobaqa ishtirokchilari tadbirdan so‘ng Xiva shahrida joylashgan ochiq osmon ostidagi muzey Ichan qal'aga sayohat qilishdi.

Возврат к списку