jins

Uztransgaz

28.03.2023

Zero zilzilalar, nobop binolarning buzilishi natijasida insoniy talafotlarga sabab bo‘lishi, iqtisodiyotga jiddiy salbiy taʼsir etishi va epidemiologik holatlarga olib kelishi kuzatilmoqda. Yaqinda Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilalar natijasida bu jihatlar yanada yaqqol ko‘zga tashlandi. Qoidaga ko‘ra, zilzila vaqtida qanday harkat qilish to‘g‘ri bo‘ladi, qaysi joyda turib kutgan maʼqul ? "O‘ztransgaz" AJ boshqaruv apparatida FVV boshqarma boshlig‘i X.Sottiyev ishtirokida fuqaro muhofazasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida  shular haqida so‘z bordi.

Taʼkidlanganidek, zilzilalar chog‘ida eng xavfli joylar binoning zinasi, lift va ayvonlardir. Sarosimaga tushmaslik ham qutqaruvchilarga madad bo‘lishi mumkin. Aksincha holatda qutqarilayotgan odamga ham bu narsa ruhiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Kuzatib borganimizdek, Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilalardan so‘ng yordamga shoshgan qutqaruvchilar ichida O‘zbekistonlik FVV xodimlari ham bor edi. 100 nafar qutqaruvchi 3 ta maxsus texnika va xizmat itlari bilan zilzila sodir bo‘lgan joylarda xizmat qildilar.

Tadbirda tabiiy ofat yuz bergan vaqtda mobil aloqalar ham maʼlum muddat ishlamay qolishi mumkinligi, bunday sharoitda qanday usullar qo‘l kelishi,  keng qamrovda yuz bergan ofat natijasida qutqaruvchilar yordamga tez yetib kela olmasligi mumkinligi va boshqa omillar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Mutahassis o‘z so‘zlarini Turkiyadagi zilzilalardan so‘ng 18 nafar kishining hayotini saqlab qolgan va 198 kishining jasadini vayronalar ostidan olib chiqqan qutqaruvchilar guruhining rahbari sifatida hikoya qilar ekan, bu hodisa bizning mutaxassislarga juda katta amaliy tajriba bo‘lganligini ham aytib o‘tdi.

Возврат к списку