jins

Uztransgaz

16.02.2024

Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasining elektr va suv taʼminoti xizmati xodimlari ishtirokida o‘quv-mashqi o‘tkazildi. Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va yong‘inga qarshi kurashishga oid mashg‘ulotlar jadvali asosida tashkil etilgan tadbirda 2-kompressor stansiyasi suv olish inshootida moy yonishi holati ro‘y bergan taqdirda birinchi galda bajariladigan harakatlar amaliy mashg‘ulot sifatida sinab ko‘rildi. Tadbir yakuni bo‘yicha to‘g‘ri harakatlar e'tirof etildi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Возврат к списку