Zirabuloq MGQBda elektro kimyoviy himoya tadbirlari o‘tkazildi
Uztransgaz
24.02.2022

Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasining elektro kimyoviy himoya xizmati xodimlari magistral gaz quvurlarining ishonchli va barqaror ishlashini taʼminlash, yer ostida joylashgan kommunikatsiyalarni yemirilishdan saqlash boʻyicha ishlar olib bormoqda. Magistral gaz quvurlari trassasiga oʻrnatish uchun xarid qilib olingan 123 dona SKIP tipidagi ustunlarni BGR TBA magistral gaz quvurining 105-209 km lar oraligʻidagi gaz quvuri tarmoqlariga oʻrnatish ishlari davom etmoqda. Bu ustunlarni oʻrnatishdan maqsad yer osti boʻylab yotqizilgan gaz quvurlarining texnik parametrlarini oʻlchash, himoyalanganlik darajasini aniqlash ishlarining sifatini oshirishdan iborat. Shuningdek, ustunlar rangi va koʻrinishining oʻziga xos boʻlgani gaz quvurlar mavjud hududlarning ajralib turilishini taʼminlaydi.

Elektro kimyoviy himoya xizmati xodimlari tomonidan gaz quvurlarining izolyatsiya qoplami holatini aniqlash, quvurlar devori qalinligini oʻlchash ishlari ham olib borilmoqda.
