jins

Uztransgaz

21.11.2022


Ishchi xodimlarning favqulodda yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik va tasodifan sodir bo‘lganda uni bartaraf etish ko‘nikmalarini takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv  mashg‘uloti Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining favqulodda holatlarga qay darajada shayligi sinovdan o‘tkazildi va baholab borildi.

Bunday vaziyatlarda ishchi-xodimlarning to‘g‘ri harakatlanishini taʼminlash hamda kasb mahoratini oshirishga qaratilgan amaliyot davomida fuqaro muhofazasi bo‘yicha bajarilgan harakatlar kuzatib borildi. Tadbir yakunida kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



Возврат к списку