Zirabuloq MGQBda O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Uztransgaz
05.12.2024

Unda tashkilotning 40 nafardan oshiq kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari, xodimlar va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Muloqot davomida har bir murojaatchining so‘zlari diqqat bilan tinglanib, tahlil qilindi. Aksar murojaatlarda keltirilgan ijtimoiy muammolar joyida hal etilib, murojaatchilarning talabi qondirildi.

Ochiqlik va shaffoflik tarzida o‘tkazilgan qabulda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.

