ZIRABULOQDA SAYYOR QABUL
Uztransgaz
30.08.2021
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari M.Najmitdinov Zirabuloq MGQB hamda uning Nurota ta’mirlash ekspluatatsiya punkti bo‘limida bo‘lib, 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini bevosita kuzatdi va uning tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan uchrashuvda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar ijrosini o‘z muddatida tugallash va bunda sifat asosiy o‘rinda bo‘lishi zarurligi haqida tavsiyalar berildi.

Shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi sayyor qabullar ham o‘tkazildi. Unda 3 nafar ishchi xodimning oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish va razryadlarini ko‘tarish kabi masalalarda murojaatlari tinglandi. Ularni qisqa muddatlarda to‘la va xolis o‘rganib chiqish uchun tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi.