jins

Uztransgaz

16.08.2019


Erta tong... Shuҳrat aka ҳar kungidek barvaqt uyg‘onadi. Ҳovlini bir aylanib, ekin-tikin, sigir - buzoqdan xabar olgan bo‘ladi. Vaqtli turib olgan nabirasini erkalab biroz suҳbatlashadi. So‘ngra turmush o‘rtog‘i Zumrad opa va kelini birga tayyorlagan nonushta dasturxoni atrofiga butun oila jam bo‘ladilar. Nonushta asnosida farzandlarining ishlari qanday ekani, bugun kim nima qilmoqchiligi, nabiralarning o‘qishlari bilan qiziqadi. Farzandlariga otalik nasiҳatini qiladi, maslaҳat beradi. Ishga ketadiganlarga oq yo‘l tilab yuzga fotixa tortiladi. Bugun ishxonaga birinchi smenada boriladigan kun. Endi ishga, “ishjon”ga...

...Qariyb 35 yildirki, Shuҳrat Boboqulovning kun tartibi shunga o‘xshab boshlanadi. Qariyb 35 yildirki, Shuҳrat aka o‘zi uchun qadrli va sevimli maskan – 2-Zirabuloq kompressor stansiyasiga, 500 nafardan ortiq xodimni birlashtirgan qadrdon jamoasiga oshiqadi. Sershovqin stansiya - ҳayotining bir bo‘lagi. Shuncha yil bir joyda meҳnat qilib, shu joyga talpinishning esa o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun insonda mustaҳkam iroda, kasbiga mas’uliyat, jamoadoshlarga meҳr tuyg‘ulari baland bo‘lishi kerak.

- Shuҳrat akaning meҳnat daftarchasida faqat bitta ish joyining nomi yozilgan. U ҳam bo‘lsa Zirabuloq qompressor stansiyasi, deydi stansiya bosh muxandisi Ҳasan Xudoyorov. 1985 yilda korxonaga oddiy mashinist sifatida ishga qabul qilingan Sh. Boboqulov bugungi kunda Zirabuloqlik gazchilar o‘rtasida ҳurmat-e’tiborga ega, fidoyi xodim. Atrofdagilarning katta-kichigiga birdek e’tiborli ҳurmat, izzat degan tushunchalarni joy-joyida qo‘llovchi bu inson jamoada sevimli ustoz sifatida ҳam obro‘ qozongan. Zirabuloq stansiyasida ustoz-shogird ananasi bor. Avvaliga tajribali gazchilar Aҳmad Nabiulin, Muxtor Turdiev, Murtazo Qo‘zievlardan o‘rganib ishlagan Shuҳrat aka ayniqsa, yana bir ustoz Aҳmad O‘taganovdan minnatdor. U avvaliga Aҳmad akadan ish o‘rgangan bo‘lsa, keyinroq ustozining o‘g‘li Meҳriddinga shu kasb sirlarini baҳoli qudrat o‘rgatib keldi.

Bugungi kunda smena muxandisi lavozimida meҳnat qilayotgan ҳikoyamiz qaҳramonining Ҳ.Xudoyoorov, V.Raimov, U.Jangirov va boshqa o‘nlab shogirdlari ustozidan juda ko‘p xislatlarni o‘rganishganini aytadi. Ish joyiga muntazam vaqtida kelish va mas’uliyat bilan yondashish, insonlarga va atrofga e’tiborli bo‘lish, ҳalollik, biriktirilgan vazifani sidqi-dildan ado etish, sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik, bir fikr aytishda shoshilmaslik kabilar shular jumlasidan.

Tabiiy gazni yirik quvurlar orqali iste’molchiga yetkazib berish jarayoni xuddi konveerdagi maҳsulotni nazorat qilishdek mas’uliyatli. Bu ishda yana - fikrni bir joyga jamlagancha o‘ta e’tiborli bo‘lish va eҳtiyotkorlik talab etiladi. Xavflilik darajasi yuqori ҳisoblanuvchi gaz transporti soҳasida shunday qilinmasa bo‘lmaydi. Quvurlar uzra shovullab o‘tayotgan bu tabiiy ne’mat ertaga qay birimizning xonadonimizda osh-ovqatimizni beminnatgina pishiruvchi zangori olov bo‘lib porlasa, qay bir korxonada tayyor maҳsulotni ishlab chiqarishdagi muҳim sanoat ashyosi. Gaz tarmoqlarining bir maromda ishlashi - Shuҳrat aka kabi minglab gazchilarning sershovqin sharoitda kechuvchi uzluksiz meҳnati ҳisobiga ta’minlanadi. Lavҳamiz qaxramoni esa bu yumushni o‘z vazifasigina emas, balki, Vatan oldidagi mas’uliyati ҳam deb biladi.

Zirabuloqlik gazchi Sh. Boboqulov - baxtli oilaning boshlig‘i. Turmush o‘rtog‘i Zumrad opa bilan 3 o‘g‘il 1 qizni tarbiyalab voyaga yetkazdilar. Katta o‘g‘illar Sardor va Eldor uylangan. Oilaning erka qizi Sarvinozxon turmushga chiqqan. Danagidan mag‘zi shirin nabiralari ҳozircha 6 nafar. Endi oila qurish navbati kichik o‘g‘il Beҳzodga. U Buxoro muxandislik - texnika institutining neft-gaz yo‘nalishida o‘qib, mutaxassislik diplomini qo‘liga oldi. Bugun ota izidan borgan kenja o‘g‘il neft-gaz soҳasida meҳnat qilishga tayyor mutaxassis. Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor ortgan ҳozirgi kunda Beҳzod ҳam ish joyini topib, otasidek ҳalol va fidoyi xodim bo‘lib meҳnat qilishi shubҳasiz. Zero “Ot izini – toy bosar” degan naql bejiz aytilmagan.

Shuҳrat aka ҳaqida maqola uchun ma’lumot so‘rab Zumrad opaga bog‘langandik, maqsadimizni tushungach, ayolning ko‘zlarida yosh aylandi. Bu ko‘z yoshlarlari turmush o‘rtog‘ining ҳalol meҳnati e’tirofidan mamnunlik ramzi ekani ma’lum. Zirabuloqlik meҳnatidan qadr topgan gazchi Shuҳrat aka kabi o‘z kasbining ustalari bor bo‘lishsin. Uning kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz! Ustoz-murabbiylar bayrami arafasida Shuҳrat aka kabi kamtarin meҳnatkash yurtdoshimiz ҳaqida yozmay, kimni yozardik Nima dedingiz...

 

“O‘ztransgaz” AJ Axborot xizmati

Возврат к списку