Komplaens nazorati
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 martdagi “Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 114-sonli qaroriga asosan “Oʼztransgaz” aktsiyadorlik jamiyatida joriy etilgan monopoliyaga qarshi komplaens tizimi monitoringini va faoliyatini taʼminlash uchun vakolatli boʼlinma Jamiyatning komplaens-nazorati boʼlimiga yuklatilgan.
“Oʼztransgaz” АJ tizimida raqobat toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish boʼyicha 2021-2022 yillarga moʼljallangan “Yoʼl xaritasi” 2021 yil 8 noyabrdagi 22-sonli Jamiyat boshqaruv qarori bilan tasdiqlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 mart “Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 114-sonli qarori 1-ilovasi 20-bandi talablariga koʼra, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan tasdiqlangan monopoliyaga qarshi komplaens boʼyicha hisobot oʼzlarining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va monopoliyaga qarshi kurashish organiga yuborilishi koʼzda tutilgan.
Jamiyatning komplaens-nazorati boʼlimi tomonidan Yoʼl xarita boʼyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va oʼtkazilgan monitoring natijalari yuzasidan monopoliyaga qarshi komplaens toʼgʼrisida hisobot tuzildi va mazkur qaror talablari doirasida ishlar bajarildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi tomonidan 2022 yilga moʼljallangan aniq vazifalar belgilab berildi.
“Oʼztransgaz” АJ hamda unga tegishli korxona va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan yoʼl qoʼyilayotgan yoki yoʼl qoʼyilgan raqobat toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilish ehtimoli paydo boʼlganda Jamiyatning rasmiy veb-saytida “Raqobat cheklanishi toʼgʼrisida xabar ber” interaktiv tugmacha yaratildi.
Komplaens-nazorati boʼlimida monopoliyaga qarshi qarshi komplaens tizimi monitoringini va faoliyatini taʼminlash uchun vakolatli shaxs pochta manzili: j.xolmurzaev@utg.uz