Korporativ boshqaruv
Taftish komissiyasi (taftishchi)
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan taftish komissiyasi (taftishchi) saylanadi.
Taftish komissiyasi (taftishchi) Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra xulosa tuzadi, bu xulosada:
- jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho;
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonunchilik buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi shart.
Taftish komissiyasi (taftishchi) jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonunchilikning va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani har chorakda jamiyat kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi.
“O‘ztransgaz” AJ Taftish komissiyasi a’zolari Jamiyat aksiyadorlarining 2022-yil 17-yanvar kungi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan tayinlangan.
“Oʼztransgaz” АJ Taftish komissiyai tarkibi toʼgʼisida maʼlumot
| Т/r | F.I.Sh | Ish joyi | Lavozimi |
|---|---|---|---|
| 1 | Mamadaliyev Salohiddin Shahobiddin ugli | Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Bo‘lim boshligʼi |
| 2 | Yunusov Dexruz Xaydarovich | Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Bosh mutaxassis |
| 3 | Usmanov Rustambek Ravshan o'gli | Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi | Boshqarma boshlig'i |