Янгиланган сана: 04.30.2024 10:58:16




45 darajali jazirama. Qongirot tumanida diametri 1220 mm quvurlarni yotqizish qizg'in olib borilmoqda

"2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi magistral gaz quvurlari tarmog‘ini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish" dasturi doirasida "O‘rta Osiyo-Markaz" magistral gaz quvurining ikkinchi tarmog‘ida 80 km yangi quvur qurilishi ham ko‘zda tutilgan edi. Shu kunlarda obyektda 52 ishchi-xodim 50 ga yaqin texnika vositasidan foydalanib  transheya qazish va unga montaj qilingan quvurlarni yotqizish tadbirlarini amalga oshiryapti. 

 Loyihani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qongirot tumanida amalga oshirish jarayonida montaj qilingan 28 km quvur bo‘ylab transheya qazish va diametri 1220 mm gaz quvurini yotqizish ishlari olib borilyapti. Hozirgacha qariyb 26 km quvur transheyaga yotqizildi. 


Орқага қайтиш