Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.02.2024 17:48:49




Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi

O‘zbekiston Energetika vazirligi tsement ishlab chiqaruvchi korxonalarga elektr energiyasi etkazib berilishi to‘xtatilgani to‘g‘risidagi mish-mishlar haqiqatdan yiroq ekanligidan ogohlantiradi. Ushbu zavodlarga elektr energiyasi etkazib berish to‘xtamagan.

Bu yolg‘on ma’lumot bugun, 25 noyabr kuni 19 mingdan ziyod obunachiga ega bo‘lgan telegram kanallaridan birida joylashtirilgan. Mazkur telegram kanali egasi u qanday audotiriyani qamrab olishga qodir ekanini hisobga olgan holda har qanday yolg‘on ma’lumot tarqatish holati uchun javobgarlikni his qilishi lozim.

Mish-mishni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi vakolatli manbalarga murojaat qilmay turib, “tarmoq ma’lumotlariga asoslanib” deb yozgan holda mazkur telegram kanali muallifi tsement ishlab chiqaruvchi aniq korxonalarni tilga oladi va ularga elektr energiyasi etkazib berish to‘xtatib qo‘yilganini ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxs yolg‘on xabar tarqatgani uchun qonuniy javobgarlikka tortiladi. Ma’lum bir auditoriyaga mo‘ljallangan har qanday xabar tarqatayotgan kishi bu boradagi mas’uliyati va har qanday isbotini topmagan xabar, odamlarga mish-mishlar va tekshirilmagan ma’lumotlarni etkazgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligini aniq his qilishi lozim.

Dispetcherlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 noyabr kuni Ohangaron tsement zavodiga 605 ming kVt.soat elektr energiyasi etkazib berilgan bo‘lib, o‘rta hisobda bu zavodga kuniga 540 ming kVt.soat elektr energiyasi etkazib beriladi.

Jumladan, Quvasoy sement zavodi sutkasiga o‘rtacha 332 ming kVt.soat elektr energiyasi iste’mol qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech