Yangilangan sana: 01/12/2023 15:35:13
"O‘ztransgaz" AJ rivojlanish tarixi
Respublika sanoati, kichik biznes yetakchi korxonalari va real iqtisodiy sektordagi asosiy tarmoqlarning doimiy iqtisodiy o‘sish sur‘atlari hamda barqaror ishlashini ta‘minlash yonilg‘i-energetik resurslar iste‘molining oshishini nazarda tutadi. Tabiiy gazni ham ichki, ham tashqi bozorga yetkazib berish hajmlari oshib borayotgan hozirgi paytda, gaz transporti va gaz taqsimlash tizimlaridan ishonchli foydalanishni saqlab qolgan holda, gaz transporti tizimini rivojlantirish va gaz ta‘minoti tizimini yaxshilash zarurati kuchayib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi iste‘molchilarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta‘minlash, shuningdek transportirovka qilish, tranzit va eksport qilish «O‘ztransgaz» Aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan. O‘zbekiston gaz sanoatining rivojlanish tarixi 1950 yillardan boshlanadi. Birinchi gaz 1953 yilda Setalantepa konidan qazib olingan.
2019
Jamiyat
tarixi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Аholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʼini moliyaviy sogʼlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” №4388-sonli qarori bilan “Oʼztransgaz” АJ “Oʼzbekneftgaz” АJ tarkibidan chiqarildi, hamda “Oʼztransgaz” АJ negizida ikkita mustaqil tizim – “Oʼztransgaz” va “Xududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.
“Oʼztransgaz” АJga:
- tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan mahsulotni taqsimlash toʼgʼrisidagi bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʼshma korxonalar va xorijiy kompaniyalardan xarid qilish;
- toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar asosida magistral gaz quvuriga ulangan isteʼmolchilarga, shuningdek, «Hududgaztaʼminot» АJ bilan komissiya shartnomalari asosida gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni sotish;
- gaz quvurlari va kompressor stantsiyalarini XMI/XHMT mablagʼlarini jalb etish orqali qurish, rekonstruktsiya qilish, yer osti gazni saqlash omborlarida tabiiy gazni saqlash hajmlarini oshirish, yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida tabiiy gaz oqimlarining monitoringi va boshqaruvi tizimini (SCADA) hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish orqali gaz transport tizimining “zaif” jihatlarini bartaraf etish va uning tranzit salohiyatini rivojlantirish vazifalari belgilandi.
2009
Jamiyat
tarixi
Fargʼona vodiysi isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish uchun «Qamchiq» davoni orqali «Ohangaron» kompressor stantsiyasiga ega 165 km masofali noyob obʼekt – «Ohangaron-Pungon» magistral gaz quvuri qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Gaz quvuri Qurama togʼ tizmasi yonbagʼri orqali oʼtadi.
2006
Jamiyat
tarixi
2003
Jamiyat
tarixi
1999
Jamiyat
tarixi
1999
Jamiyat
tarixi
1992
Jamiyat
tarixi
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 dekabrdagi 585-son qaroriga muvofiq, tashkil qilinayotgan «Oʼzbekneftgaz» Milliy korporatsiyasi tarkibida «Oʼzbekgazsanoat» ishlab chiqarish birlashmasining ixtisoslashtirilgan boʼlinmalari bazasida tabiiy gazni transportirovka qilish boʼyicha «Oʼztransgaz» Davlat birlashmasi tashkil qilindi.
1978
Jamiyat
tarixi
1973
Jamiyat
tarixi
«Oʼzbekgazsanoat» ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilingan, soʼngra esa alohida gaz transporti kompaniyasi sifatida «Oʼztransgaz» Аktsiyadorlik kompaniyasi rivojlana boshladi.
1962
Jamiyat
tarixi
Buxoro – Ural va Oʼrta Osiyo – Markaz transkontinental magistral gaz quvurlari yotqizilishini oʼz ichiga olgan Gazli konini qazib ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.
1961
Jamiyat
tarixi
1954-1960
Jamiyat
tarixi