➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Investitsion loyihalar

Yangilangan sana: 11/19/2021 10:17:09



I. O‘zbekiston Respublikasi gaz infratuzilmasi ob'ektlarini dispetcherlik, monitoring va boshqarish markazi (SCADA) ni joriy etgan holda Gaz uzatish tizimini modernizasiya qilish dasturi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillardagi investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Dasturni amalga oshirishdan maqsad respublika iste'molchilariga uzluksiz va barqaror uzatish, tabiiy gaz tranziti va eksportini ta'minlashdan iborat.

Dasturni amalga oshirish quyidagilarga imkon beradi:

  • zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish orqali foydalanish xarajatlarini tejashga erishish;
  • atmosferaga ifloslantiruvchi chiqindilar miqdorini kamaytirish;
  • gaz uzatish tizimining o‘tkazuvchanligini oshirish.

Dastur magistral gaz quvurlari uchastkalarini rekonstruksiya qilish va qurish, yangi ustaxonalar qurish bilan kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, gaz uzatish tizimining butun uzunligi bo‘yicha SKADA tizimini (monitoring va boshqarish) joriy etishni ko‘zda tutadi.

Dasturni amalga oshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi. I bosqichni amalga oshirish 2020-2024 yillarda, II bosqichni amalga oshirish 2021-2024 yillarda ko‘zda tutilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda va xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari hisobidan moliyalashtirish manbalari ishlab chiqilmoqda.

II. “Gazli” gazni yer ostida saqlash inshootining gaz saqlash hajmini 10 milliard metr kubgacha oshirish bilan birgalikda gaz qatlamlari va neft' hoshiyali qatlamlarini qo‘shimcha razvedka va qayta ishlash

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillardagi investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shu bilan bir qatorda loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2018 yildagi № PQ-3997 qarori bilan tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi" asosida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning amalga oshirilishi 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladi.

Loyihada Yer osti saqlash inshooti obektlarini bosqichma-bosqich 10,0 milliard kubometrga oshirish, konda tabiiy gaz qazib olishni tiklash va qo‘shimcha qidiruv ishlarini olib borish, konlarni qo‘shimcha qazib olish, gaz nasos uskunalarini yangi qurilishi, shuningdek, gaz va neft'ni qayta ishlash tizimlari bo‘yicha bir qator ishlar natijasida neft' qazib olishni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun “Gazli Gas Storage” qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda konda qolgan uglevodorod zaxiralarini aniqlash uchun baholash-burg‘ulash ishlari olib borilmoqda va loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasi (TIA) ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markaziga kiritildi va hozirda Markaz tomonidan taqdim etilgan izohlar ustida ishlar olib borilmoqda.

III. “Ohangaron-Pungon” magistral gaz quvuriga luping qurish

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillardagi investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad Farg‘ona vodiysida iste'molchilarning ichki ehtiyojlariga tabiiy gazni barqaror va uzlyuksiz yetkazib berish, shuningdek, “O‘ztransgaz” AJni gaz uzatish tizimiga gaz ishlab chiqaruvchi korxonalardan gazni barqaror va tranzit orqali yetkazib berish.

Loyiha 2020-2022-yillarda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech