➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Korporativ boshqaruv

is this contact form ?

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi.

Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini saylash to‘g‘risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi, kollegial ijroiya organining a’zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalar ko’rib chiqiladi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlardir. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) ro‘yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi. Ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aksiyalari qonunchilikka muvofiq ovoz berish huquqini olishi hollari bundan mustasno.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasi

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

  • jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;

  • jamiyatni qayta tashkil etish;

  • jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

  • jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

  • e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;

  • jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish;

  • jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish;

  • o‘z aksiyalarini olish;

  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

  • jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;

  • jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;

  • jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;

  • jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;

  • jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida ushbu qonunchilikda nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;

  • qonunchilikka muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;

  • aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

  • aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;

  • jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:

  • jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish hamda jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

  • qonunchilikda muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;

  • jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

  • jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;

  • qonunchilikda muvofiq jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.

Jamiyatning Kuzatuv kengashi

Jamiyat Kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida taftish va nazorat funksiyasini amalga oshiradigan va Jamiyat faoliyati va umuman moliyaviy barqarorligi uchun javob beradigan organ hisoblanadi.

Jamiyat Kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan har qanday qarorlarni qabul qilish vakolatiga ega, “Aksiyadorlik Jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Jamiyat ustavida Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining mutloq vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish bundan mustasno.

“O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashi a’zolari vakolatlari Jamiyat aksiyadorlarining 2021 yil 29 iyun kungi yillik umumiy yig‘ilishi qarori bilan uzaytirilgan.

“Oʼztransgaz” АJ Kuzatuv kengashi tarkibi toʼgʼisida maʼlumot (01.07.2021 yil holatiga)

Т/r F.I.Sh Ish joyi Lavozimi Kuzatuv kengashi tarkibidagi lavozimi
1 Ishmetov Timur Аmindjanovich Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Moliya vaziri Kuzatuv kengashi raisi
2 Аbdinazarov Bobir Kalandarovich Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi Vazir oʼrinbosari Kuzatuv kengashi aʼzosi
3 Meliev Xudayor Xurramovich Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Vazir oʼrinbosari Kuzatuv kengashi aʼzosi
4 Gaziev Ulugbek Ubaydullaevich Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Boshqarma boshligʼi Kuzatuv kengashi aʼzosi
5 Аlibekov Timur Аbdumuxtorovich Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Boshqarma boshligʼi Kuzatuv kengashi aʼzosi
6 Kurbonaliev Sanjar Sabriddinovich Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Boshqarma boshligʼi Kuzatuv kengashi aʼzosi
7 Sadiev Gayrat Muxamadievich Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Boshqarma boshligʼi Kuzatuv kengashi aʼzosi
8 Xadjixanov Boriyxon Аbirxanovich Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh mutaxassis Kuzatuv kengashi aʼzosi
9 Muratov Аkmal Xakimovich Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universtiteti Dotsent Kuzatuv kengashi mustaqil aʼzosi

“Oʼztransgaz” АJ Kuzatuv kengashi a’zolariga tugallangan yil uchun to‘langan to‘lovlar toʼgʼisida maʼlumot

Т/r F.I.Sh 2020 yil yakunlari bo’yicha
1 Ishmetov Timur Аmindjanovich
2 Аbdinazarov Bobir Kalandarovich
3 Meliev Xudayor Xurramovich
4 Gaziev Ulugbek Ubaydullaevich
5 Аlibekov Timur Аbdumuxtorovich
6 Kurbonaliev Sanjar Sabriddinovich
7 Sadiev Gayrat Muxamadievich
8 Xadjixanov Boriyxon Аbirxanovich
9 Muratov Аkmal Xakimovich

Jamiyatning ijroiya organi

Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi.

Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.

Jamiyat ijroiya organining vakolatiga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoki jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.

Jamiyatning ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining va jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.

Batafsil (https://www.utg.uz/uz/about/leadership/)

Ijro etuvchi organning har bir a'zosiga oxirgi yakunlangan yil uchun to'lovlar to'g'risidagi ma'lumotlar (fayl linki)

Taftish komissiyasi (taftishchi)

Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan taftish komissiyasi (taftishchi) saylanadi.

Taftish komissiyasi (taftishchi) Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra xulosa tuzadi, bu xulosada:

  • jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho;
  • buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonunchilik buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi shart.

Taftish komissiyasi (taftishchi) jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonunchilikning va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani har chorakda jamiyat kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi.

“O‘ztransgaz” AJ Taftish komissiyasi a’zolari vakolatlari Jamiyat aksiyadorlarining 2021 yil 29 iyun kungi yillik umumiy yig‘ilishi qarori bilan uzaytirilgan.

“Oʼztransgaz” АJ Taftish komissiyai tarkibi toʼgʼisida maʼlumot (01.07.2021 yil holatiga)

Т/r F.I.Sh Ish joyi Lavozimi
1 Badalbaev Sherzod Аlijon ugli Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Boshqarma boshligʼi
2 Yunusov Dexruz Xaydarovich Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Boshqarma boshligʼi oʼrinbosari
3 Аlimova Ziliya Taxirdjanovna “Oʼzkimyosanoat” АJ Ichki audit xizmati rahbari

Ichki audit xizmati

Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.

Jamiyatning ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari tomonidan qonunchilikka, jamiyat ustaviga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi ta’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.

“Oʼztransgaz” АJ Ichki audit xizmati hodimlari toʼgʼisida maʼlumot (01.07.2021 yil holatiga)

Т/r F.I.Sh Lavozimi
1 Ergashev Xursandbek Karimovich Ichki audit xizmati boshlig‘i
2 Sariev Xamza Burievich Ichki audit xizmati auditori
3 Аxmedov Nodir Botirovich Ichki audit xizmati auditori

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech