➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Jamiyatning strategik rivojlanishi

Yangilangan sana: 11/19/2021 10:17:09



JAMIYATNING RIVOJLANISH STRATEGIYASI

"O'ztransgaz" AJ strategiyasi, ichki bozorda tabiiy gazga bo'lgan talabni to'liq va samarali qondirish uchun gaz uzatish tizimini takomillashtirishga, sanoat va ekologik xavfsizlikni, dinamik rivojlanishni ta'minlaydigan zamonaviy ilg'or texnologiyalarni qo'llash orqali tranzit va eksport salohiyatini oshirish, respublikaning gaz tashish tizimi, uni isloh qilish va texnik va texnologik modernizatsiyalashning barcha bosqichlarida muvozanatli va barqaror faoliyatni ta'minlash, davlatning strategik manfaatlarini inobatga olgan holda, iqtisodiy o'sishni yanada ta'minlash, aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Maqsad va vazifalari

"O‘ztransgaz" AJning maqsadi - ichki bozorni tabiiy gaz bilan ta‘minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining eksport va tranzit salohiyatini oshirish.

Strategik maqsad asosida quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

  • Faqat va faqat tabiiy gazni tashish funksiyasini bajaradigan mamlakatning gaz uzatish tizimi sof operatoriga (Transmission system operator – TSO) aylantirish;

  • gaz uzatish tizimini modernizasiya va rekonstruksiya qilish;

  • investisiyalar uchun jozibador va shaffof sharoitni yaratish, shuningdek moliyalashtirishni jalb qilish uchun turli xil moliyaviy vositalardan (evro-obligasiyalar va boshqalar) foydalanish;

  • raqobatbardosh narxlarni belgilash tizimini rivojlantirish va kompaniyaning adolatli rentabelligini ta‘minlash;

  • moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga asoslangan, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolar bo‘yicha hamda hisobotlarning global tashabbusiga muvofiq (GXT) hisobotlarni nashr etish;

  • hisob va hisobotning xalqaro standartlari (ISAR) tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi kompaniyaga bosqichma-bosqich va to‘liq aylanish.

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech