Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.02.2024 17:48:49




ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

2021 yil 14 yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi binosida Energetika vaziri Alisher Sultanovning mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika kompleksi sohasida xalqaro investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek yangi imkoniyatlarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik missiyalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

f6258d26bad75237ee21e.png

Muzokaralarda O‘zbekistonning qariyb 30 nafar Favqulodda va muxtor elchilari ishtirok etdi.

Xususan, uchrashuv chog‘ida “500 kV li Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i qurilishi (Afg‘oniston) loyihasi bo‘yicha kelishuv ijrosi, turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bo‘lgan 4 ta yangi IES qurilishining borishi, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Frantsiya va boshqa davlatlar kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) loyihalari qurilishlarining borishi muhokama qilindi.

7cd79264d02d8eef1d5ed.png

Sultanov Alisher Saidabbasovich O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri

Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston diplomatik missiyalari bilan hamkorlikda YoEK sohasida ko‘zda tutilgan loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida bu va boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Bugungi kunda mazkur hamkorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va O‘zbekiston energetika sohasi uchun yangi bo‘lgan davlat-xususiy sherikligiga asoslanadi.


3d5959b468363a1f9b10d.png

Akbarov Otabek Hamidullaevich O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi

DXSH asosidagi loyihalar ijrosi doirasida, xususan quyosh va shamol elektr stantsiyalari qurilishi bo‘yicha tenderda ishtirok etish bo‘yicha 80 tagacha potentsial xorijiy investor ariza topshirmoqda.

Xorijiy investorlarning YoEK sohasidagi loyihalarga qiziqishi ortib borayotganini hisobga olgan holda Energetika vazirligi rahbariyatining diplomatik missiya rahbarlari bilan bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlarini reja asosida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston elchilarining energiya loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirishda bevosita ishtirok etishi O‘zbekiston energetika mustaqilligiga erishishga salmoqli hissa qo‘shadi.

0fc8635abaa41085cbb24.png

Shadmanov Yodgorxon Mahamatovich O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi

71d29c846032c8dc69e06.png

Maksudov Ulug‘bek Xamidjanovich O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi

d4e1f839e8d8cba541712.png

Hakimov Dilьyor Zafarovich O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech