O‘zbekiston Respublikasi Prezident xalq qabulxonasiga Fuqaro Eshmuratova Gulnoz tomonidan yo‘llangan 2026-yil 15-apreldagi 6492-ap/26-sonli murojaati
Yangilangan sana: 04.30.2026 18:09:21
“O‘ztransgaz” Ajda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.
“O‘ztransgaz” Ajda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi tashabbusi bilan joril yil 29-aprel kuni Komplaens-nazorat bo‘limi bo‘shlig‘i O‘.Ismatov hamda yetakchi mutaxassis M.Matkarimovlar boshchiligida Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasi rahbar va muhandis-texnik xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda ish jarayonlarida ochiqlik va xodimlar mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat rahbari tomonidan ushbu sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Boshqarmada korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni samarali boshqarishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, seminar ishtirokchilariga “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi topshirig‘iga asosan jamiyatda korrupsiyaga oid murojaatlarni qabul qilish uchun 1852 qisqa raqamli ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va ushbu raqam orqali xodimlar murojaat qilishlari mumkinligi haqida ham ma’lumot berildi.
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi