Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.30.2026 18:09:21




O‘zbekiston Respublikasi Prezident xalq qabulxonasiga Fuqaro Eshmuratova Gulnoz tomonidan yo‘llangan 2026-yil 15-apreldagi 6492-ap/26-sonli murojaati

photo_2026-04-29_12-59-52.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezident xalq qabulxonasiga Fuqaro Eshmuratova Gulnoz tomonidan yo‘llangan 2026-yil 15-apreldagi 6492-ap/26-sonli murojaati “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi tomonidan shaxsiy qabul jarayonida ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilikka muvofiq atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Jamiyatning 2026-yil 23-yanvardagi 9/9-sonli buyruq-qaroriga asosan ijroiya apparati hamda barcha tarkibiy tuzilmalarda, jumladan “Urganchtransgaz” UKda ham shtat birliklarini qisqartirish (maqbullashtirish) ishlari amalga oshirilmoqda.

photo_2026-04-29_12-59-56.jpg

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-moddasiga muvofiq, avval ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish tartibi belgilangan bo‘lib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, avvalo, shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlar bilan to‘ldirilishi nazarda tutilgan. Shu sababli, hozirgi vaqtda arizachini ish bilan ta’minlash imkoniyati mavjud emasligi ma’lum qilindi. Shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish.mehnat.uz portalida joylashtirilgan bo‘lib, murojaatchi umumiy tartibda murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech