➦ Veb-sayt test rejimida ishlamoqda! Veb-saytga texnik xizmat qo‘rsatish ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!    |    “Hududgazta'minot” AJ aholi hamda ulgurji iste'molchilar bilan bevosita ishlayotgani munosabati bilan uztg.uz veb-portali faoliyati to‘xtatilgan. Shaxsiy kabinet bilan bog‘liq savollar yuzasidan “Hududgazta'minot” AJga murojaat qiling!

Yangiliklar

Yangilangan sana: 12.07.2022 19:06:45




Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot

Hurmatli iste’molchilar!

Joriy yilning 15 dekabrь kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tamiz.

Xususan, 15 dekabr kuni issiqlik elektr stantsiyalari va gidro elektr stantsiyalari orqali 226 million 200 ming kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika iste’molchilariga 217 million 100 ming kilovatt-soat elektr energiyasi etkazib berildi.

Shuningek, sutka davomida hududiy gaz ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarga prognozdagi 94 million 696 ming kub metr o‘rniga amalda 108 million 197 ming kub metr tabiiy gaz etkazib berildi. Shu bilan birga, aholiga 2 ming 168 tonna suyultirilgan gaz etkazildi.

Iste’molchilarni ko‘mir va briket mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida 15 dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 13 ming 749 tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari etkazib berildi.

Issiqlik elektr stantsiyalaridagi barcha energobloklar o‘z nominal quvvatida ishlamoqda. Ish rejimi bo‘yicha e’tirozlar mavjud emas.Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari rejalashtirilgan rejimda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Energetika vazirligining navbatchilik qismiga elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha iste’molchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmadi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududlardagi mas’ul rahbar-xodimlari tomonidan doimiy 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan bo‘lib, bu orqali barcha ish jarayonlari nazoratga olingan.

“Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yashnobod tuman gaz ta’minoti”dan olingan ma’lumotga asosan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li 23 ko‘chasida D-273 mm. o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 2020 yil 15 dekabrь kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi (3 ta ko‘p qavatli uylarning148 ta, erli xonadonlarning 153 ta hamda 5 ta ulgurji iste’molchilar). Ta’mirlash ishlaridan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi.

“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filialidan olingan ma’lumotga asosan Ohangaron shahar Namuna MFY hududida 43, 46, 46a, 47, 47a dahalaridagi (kvartal) gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, 2020 yil 15 dekabr kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar jami 240 ta aholi xonadonlarida va 3 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik tuxtatilgan. Ta’mirlash ishlari tugallangandan so‘ng 17:00 da tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklangan.

Shuningdek, Qibray tumani Oq oltin, Uzumzor, Darxan MFY larga yo‘nalgan D-76 mm. er osti gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, 15 dekabrь kuni soat 10:00 dan yuqorida ko‘rsatilgan hududlarda jami 730 ta aholi xonadonlarida va 4 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, ishlar tugallangandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi.

“Hududgaz Sirdaryo” gazta’minoti filialidan olingan ma’lumotga asosan “Baxt Invest Nur” GTSdan yo‘naltirilgan yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun “Baxt Invest Nur” GTSi 15 dekabr kuni soat 12:00 dan 17:00 ga qadar 4100 ta aholi xonadonlarida va 31 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik tuxtatildi. Avariya holati bartaraf etilgandan so‘ng soat 17:00 da tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi.

Shu o‘rinda iste’molchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 1154 hamda gaz ta’minoti masalalari bo‘yicha 1104 qisqa telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech