Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.20.2026 18:22:49




“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlariga!

“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlariga!

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabarnoma

“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 11-may kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tishi haqida xabar qiladi. “O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazish joyi: Toshkent viloyati, Yuqori chirchiq tumani, Yangi Toshkent shahrini barpo etish hududida joylashgan “O‘ztransgaz” ma’muriy binosining majlislar zali, telefon raqami: (71) 202-10-60 (ichki 12452), elektron pochta manzillari: info@utg.uz, korporativ@utg.uz.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ish tartibini, sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini hamda uning vakolat muddatini tasdiqlash.

2. “Oʻztransgaz” AJ unga “Urganchtransgaz” UKni qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etish va “Urganchtransgaz” UKni “Oʻztransgaz” AJga qoʻshib olish to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash.

3. Abu Dhabi Commercial Bank PJSC (BAA)dan jalb qilingan 300 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini “Octobank” AJ depozitiga joylashtirish boyicha yirik bitim tuzish.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reestrini shakllantiradigan sana – 2026-yil 20-aprel.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reestrini shakllantiradigan sana – 2026-yil 5-may.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2025-yil 11-may kuni soat 10:30 dan 10:55 gacha o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aksiyadorlarning vakillaridan ishonchnoma talab qilinadi. Masofaviy ovoz berish ko'zda tutilmagan.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan ma'lumotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Yangi Toshkent shahrini barpo etish hududida joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosidaish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunining
40-moddasi talablariga muvofiq quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Kun tartibining ikkinchi va uchinchi masalasi bo'yicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ijobiy qaror qabul qilinsa hamda yig'ilish ishtirokchilaridan qarshi ovoz bergan yoki uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan aksiyadorlarda "O‘ztransgaz" AJ aksiyalarini ularning bozor qiymati bo'yicha — bir aksiya uchun 150 000 so'm narxda — qayta sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga keladi.

Aksiyalarni qayta sotib olish tartibi quyidagicha:

- Aksiyador “O‘ztransgaz” AJga o‘ziga tegishli aksiyalarni jamiyat tomonidan sotib olishni talab qilgan holda yozma murojaat topshirishi lozim. Unda aksiyadorning yashash (yoki joylashgan) manzili hamda qayta sotib olinishi talab qilinayotgan aksiyalar soni ko‘rsatilishi shart;

- Aksiyalarni qayta sotib olish bo‘yicha yozma talab aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay jamiyatga taqdim etilishi lozim;

- Belgilangan muddat tugaganidan so‘ng jamiyat 10 kun ichida aksiyadorlarning aksiyalarini sotib olishi shart;

- Jamiyat tomonidan aksiyalarni qayta sotib olishga yo‘naltiriladigan umumiy mablag‘ miqdori jamiyatning mazkur qaror qabul qilingan sanadagi sof aktivlarining 10 foizidan oshmasligi kerak;

- Agar qayta sotib olishga taqdim etilgan aksiyalar umumiy soni jamiyat ushbu cheklov doirasida sotib olishi mumkin bo‘lgan miqdordan oshib ketsa, aksiyalar aksiyadorlarning talablariga mutanosib ravishda sotib olinadi.

“O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashi



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech