”Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent” magistral gaz quvurida ta'mir ishlari olib borilmoqda
Янгиланган сана: 05.02.2024 17:18:00
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi Behzot Narmatov Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida
Bugun “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi Behzot Narmatov Samarqand MGQBga tashrif buyurdi. Boshqarma ma’muriy va ishlab chiqarish binolarining qayta qurilishi jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilishni belgilangan tartibda, sifatli amalga oshirish bo‘yicha takliflar berdi.Tashrif davomida B.Narmatov boshqarma bo‘limlarining ish faoliyatlari bilan taqdimotlar orqali tanishib chiqdi. Boshqarmadagi bo‘lim boshliqlarining ish faoliyatlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Shundan so‘ng Boshqaruv raisining ishonchli vakili bilan birga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi. Ko'tarib chiqilgan masalalar yechimi to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.