jins

Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlar davom etmoqda. Hozirgi kunda tarmoqdan foydalanish bo‘limi mutaxassislari - DBST yo‘nalishidagi diametri 1020 mm bo‘lgan  gaz quvurining II tarmog‘i 64-kilometrida quvur ichki yuzasini tozalash qurilmasini qabul qilish tugunida demontaj ishlari bajarildi.  

19.09.2022

Batafsil
“Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi Aqchaloq MGQBda...

Boshqarma tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan Buxoro-Ural gaz quvurining 641-kilometrini O‘rta Osiyo-Markaz (SAS) magistral gaz quvurining 78-kilometriga bog‘lovchi tarmoqda 800 metr uzunlikdagi diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvuri qayta izolyatsiya qilindi.

16.09.2022

Batafsil
Belgilangan reja muddatidan avval bajariladi

Magistral gaz quvurlari tizimida amalga oshirilishi belgilangan aniq chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 2022-yilda "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi Кompressor stansiyalaridagi 89 ta gaz haydash agregatini taʼmirlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, shuning 30 tasi mukammal, 41 tasi o‘rta va 18 ta joriy taʼmirlash belgilangan edi.

16.09.2022

Batafsil
Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida tarmoqni kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayoni davom etmoqda

Boshqarma xizmat ko‘rsatadigan Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent (DBST) va Sho‘rtan-Sirdaryo gaz quvurlarida tarmoq ekspluatasiya xizmati xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida magistral gaz quvurlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilyapti.

Magistral gaz quvurlari tarmog‘idagi va yordamchi kranlarning impuls trubkalarini ochib ishchi holati to‘liq tekshirilib qayta izolyatsiya qilinmoqda.

Yuqori bosimli magistral gaz quvurlari o‘tgan joylarda taqiqlovchi belgilar va ma'lumot beruvchi yozuvlarni taʼmirlab tiklash va gaz quvurining yer ustidan o‘tuvchi qismlarini tekshirib, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida temir panjarali to‘siqlar o‘rnatilayotgani ham shular jumlasiga kiradi.

15.09.2022

Batafsil