Qo‘ng‘irot MGQB tomonidan "O‘rta Osiyo-Markaz" magistral gaz quvurining 3-tarmog‘ida porshen yuborish va qabul qilish kamerasi montaj qilinmoqda.
Yangilangan sana: 05.21.2024 14:59:28
Buxoroda o‘quv-seminari tashkil etildi
"Mehnat qonunchiligi va kadrlarga oid ish yuritish" mavzusidagi 2 kunlik seminarga jamiyat ijroiya apparati va tarkibiy tuzilmalarida personal bilan ishlashga masʼul bo‘lgan xodimlar taklif etildi. Mehnat huquqi sohasi yetakchi mutaxassisi olib borgan mashg‘ulotda mehnat qonunchiligi sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalari, shuningdek Respublikamizdagi mehnat qonunchiligidagi yangiliklar asosida kadrlar faoliyatini tashkillashtirish haqida so‘z bordi.O‘zbekiston mehnat qonunchiligini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnatga oid qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, mehnat shartnomasidagi shartlarni qo‘llash, ehtimoliy kelishmovchiliklarning oldini olish, ogohlantirish, prognoz qilishga doir amaliy tavsiyalar berildi.
Kurs yakuni bo‘yicha tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.