E'LON
Yangilangan sana: 09.13.2024 17:35:39
15 may – Xalqaro oila kuni
Ma’lumki, 15 may kuni, jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994 yilning 15 mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib keladi.Oila - inson uchun muqaddas va ulug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi, o‘sadi, unadi, voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir parchasiga qiyoslash mumkin.
Darhaqiqat, xalqimiz azaldan oilani muqaddas, muborak dargoh sifatida e’zozlagan, bu qo‘rg‘onga zavol yetmasligi uchun bor mahoratini ishga solgan. Zero, oilani boshqarish farzandlarni xalqqa, vatanga munosib avlod qilib yetishtirish mas’uliyatli vazifadir. Ayni fikrlar Jamiyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda alohida ta’kidlandi.