Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.03.2024 16:41:33




30-aprel - Umumxalq Referendumi kuni


Respublikamizda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalq bo‘lishi kerak” g‘oyasi asosida konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumhalq muhokamasi o‘tkazilib, aholidan uni takomillashtirish bo‘yicha 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgan va ularning har to‘rttadan bittasi loyihadan joy oldi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari hajmi 65 foizga oshdi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalarning soni va mazmuni Konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qilish zaruratini bildiradi.

Oliy Majlis Senati “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida” qaror qabul qildi. 

Referendum 2023-yil 30-aprel kuniga tayinlandi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech