Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




30-APREL — UMUMXALQ REFERENDUMI KUNI

O‘lim jazosini taqiqlash yoki tiklash?

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish: 25-modda

(I qism) Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

(II qism) O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlangan. 

Biz o‘lim jazosi tayinlanadigan jinoyatlar sonini bosqichma-bosqich kamaytirib, bu jazoni 2008-yildan barcha jinoyatlar uchun to‘liq bekor qildik. Lekin, bu Konstitutsiyada emas, jinoyat qonunchiligida o‘z aksini topgan edi.

Shunga qaramay, ayrim fuqarolar o‘lim jazosini tiklash, uni jinoyat qonunchiligiga qayta kiritish haqida takliflar ham ilgari surmoqda. Vaxolanki, yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, unga bu huquqni davlat emas, Yaratganning o‘zi ato etgan.

Nomukammal sud tizimidagi bir xato insonning umriga zomin bo‘lishi mumkin. Chunki ertaga sud oqlov hukmi chiqaradigan bo‘lsa, nohaq ayblangan insonni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Inson zoti bunday qaror chiqarishi odamiylik mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi. Kiritilayotgan o‘zgartirish nafaqat o‘lim jazosini bekor qilish, balki qatʼiy ravishda taqiqlanishini eʼlon qilmoqda. Bu qoida yurtimizda inson hayoti va qadri yuqori darajada himoya qilinishini yana bir bor tasdiqlaydi va ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bu jazo turini qaytarish va qo‘llash bo‘yicha har qanday tashabbuslarni qatʼiy ravishda cheklaydi. Har bir inson, hatto u jinoyat sodir etgan bo‘lsa ham, uning yashash huquqini kafolatlanishiga xizmat qiladi. 



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech