Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




Asosiy vazifa - murojaatlarni e'tiborsiz qoldirmaslik

“O‘ztransgaz” AJning Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan shu maqsadda Toshkent MGQBda tashkil etilgan yig‘ilishga Farg‘ona, Toshkent, G‘allaorol, Samarqand, Zirabuloq MGQBlari hamda Shimoliy So'x va Xo‘jaobod GYOSIlarining murojaatlar bo‘yicha masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda 2021-yildagi faoliyat yakunlari bo'yicha hisobot tahlil qilindi. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun va mohiyatini chuqurroq o‘rgatish, murojaatlar bilan ishlash borasida eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar, amaliyotda uchrayotgan turli muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish hamda masʼul xodimlarning ushbu sohadagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishga e'tibor qaratildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun hujjatlarida belgilangan qoida va talablarga amal qilinishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati bo‘yicha o‘rganishda aniqlangan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida so‘z bordi.

Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida”gi majlis bayonida keltirilgan masalalar to‘g‘risida to‘xtab o‘tildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash tartibi haqida namunaviy Nizomi “O‘ztransgaz” AJning tegishli buyrug‘ida belgilangan qoida va talablarga binoan jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, murojaatlarni zudlik bilan ro‘yxatga olish, ularda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy, asosli va adolatli hal etilishini taʼminlash eng muhim vazifa hisoblanishi taʼkidlandi.

 “O‘ztransgaz” AJ tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘ta masʼuliyat bilan yondashish talab etilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqishga masʼul bo‘lgan rahbar va xodimlari yetarli bilim va malakaga, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari hamda murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoida va talablarni o‘rganishlari, puxta tahlil qilishlari va bilishlari kerakligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. O‘tgan davrda bajarilgan ishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi. 




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech