Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




ATROF YASHILLIKKA BURKANSIN!

Yurtimizda "Yashil makon" umummilliy  loyihasi davom etmoqda. Uning doirasida mamlakatimizda 200 mln tup daraxt ko‘chatini ekish rejalashtirilgan. Kuz oylarida 85 mln tup ko‘chat o‘tqazildi. Bahorda 115 mln tup daraxt ko‘chatini ekish maqsadida harakatlar davom etyapti. 

Atrof-muhitni yashillikka burkashdek xayrli ishda "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi tashkilotlar ham ishtirok etmoqda. Xususan, Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida DKS-5 kompressor stansiyasi atrofidagi cho‘l hududida yashil makon yaratilmoqda. Bu manzilda ekilgan turli daraxt ko‘chatlarini tomchilatib sug‘orish usuli bilan sug‘orish ko‘zda tutilgan.






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech