Prezident Shavkat Mirziyoyev - videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yangilangan sana: 06.16.2025 18:07:28
Axborot
“Muzrabod–Dushanbe” magistral gaz quvurining 103-kilometrida noma’lum traktor tomonidan gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida bugun 20.00 dan boshlab “Navro‘z”, “Bandixon”, “Qumqoʻrgʻon” gaz taqsimlash stansiyalari faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va gaz ta’minotini tiklash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ta'mirlash-tiklash ishlari qisqa muddatda yakunlanadi.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz!