Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.15.2024 14:15:15




Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘ztransgaz” AJning 2022-yil I chorak yakunlari va sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning takomillashtirilishi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.


Unda magistral gaz quvurlari tizimida  amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berildi. Ta'kidlanganidek, davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi qaroriga muvofiq “O‘ztransgaz”AJ tomonidan qiymati 1 043,3 mln dollar bo‘lgan 2 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Ulardan biri “Gazli” gazni yer ostida saqlash ishnootining faol tabiiy gaz jamlash hajmini 10 mlrd kub metrgacha oshirish, shuningdek, Gazli konining gaz va neft uyumlarida qo‘shimcha geologiya qidiruv ishlarini bajarish va ularni yakunlovchi bosqichda ishlatish" (1-bosqich) investitsiya loyihasi. Bundan ko‘zlangan maqsad - uzoq muddat davomida ekspluatatsiya qilinib kelinayotgan Gazli konini qayta ishlash bilan birga, gaz saqlash hajmini ko‘paytirish, X-XIII gorizontlardan gaz qazib olishni tiklash va boshqalardan iborat. Hozirga qadar loyiha doirasida, xorijiy investor hisobidan 3 ta baholash quduqlari qoldiq zahiralarni qayta baholash va konning 3D modelini qurish uchun burg‘ilandi va tadqiqot ishlari yakunlandi.

 “2021-2022-yillarda respublika magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish” dasturi bo‘yicha tizimda qator tadbirlar amalga oshirilyapti. Maqsad - amaldagi va yangi gaz quvurlarini qurishda ruxsat etilgan bosimni (gaz uzatish tizimining amaldagi o‘tkazuvchanligini) oshirish hisobiga Respublikada talab qilinadigan gaz hajmini taʼminlash. Dasturning I bosqichi doirasida - 416,5 km po‘lat quvurlar qurilish maydonchalariga yetkazildi. Shundan, 337,4 km qurilgan magistral gaz quvurlarning 113,5 km qismi foydalanishga topshirildi, 189 km qismi ishga tushirish uchun tayyor holga keltirildi. Dasturining II bosqichi doirasida 175,0 km yangi magistral gaz quvurlarini qurish hamda “Gazli” kompressor stansiyasida 10 dona gazturbinali dvigatellarini yangisiga almashtirish rejalashtirilgan. Hozir kunga qadar 44 km magistral gaz quvurlari qurildi, 2 dona gaz turbinali dvigatellar keltirildi. Yana 8 ta gaz turbinali dvigatelni tez kunlarda olib kelish choralari ko‘rilmoqda. 
 






Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech