Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




“Ayollarning energetika sohasida tutgan o‘rni”


“Ayollarning energetika sohasida tutgan o‘rni” – “O‘ztransgaz” AJ Ijroiya apparati hamda hududiy boshqarmalarda faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlar, shuningdek Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston energetika sohasida ishlovchi ayol ekspertlar ishtirok etayotgan xalqaro forum mana shunday nomlandi. Mazkur tadbirga Urganch shahri mezbonlik qilmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ mamlakatimiz sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatida 8 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda, ularning mingga yaqini xotin-qizlardir. Ular fidoyi mehnatlari bilan tizim faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. O‘z navbatida, "O‘ztransgaz" AJ rahbariyati ularni doimiy ravishda moddiy-ma’naviy, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. AJda ishlayotgan xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida quyi tashkilotlarda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
  
Forumda ayni jihatlar alohida tilga olindi. Markaziy apparat va tizim korxonalarida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini hal qilish, munosib rag‘batlantirish, qiyin ijtimoiy vaziyatda bo‘lgan ayollarga psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek ayni yo‘nalishlarda qo‘shni respublikalarda yo‘lga qo‘yilgan tajriba haqida so‘z bordi. 

Forum doirasida tashkil etilgan "Jamoada mehnat samaradorligini oshirish" mavzuidagi psixologik trening xotin-qizlarga manzur bo‘ldi. Ayollarni qiynayotgan muammolarni joyida hal qilish maqsadida ommaviy qabul ham tashkil etildi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur forum fikr almashish, takliflar bildirish uchun zarur platforma bo‘ldi.

Forum doirasida shuningdek Xiva shahri bo‘ylab sayohat ham tashkil etildi.









Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech