Yangiliklar

Yangilangan sana: 04.02.2026 14:04:23




“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sport bayrami davom etmoqda!

Xo‘jaobod, Romitan va Yangiyer tumanlarida joylashgan idora va tashkilot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni keng yoyish maqsadida turli sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdi. 

Romitan tumanida ham shunga o‘xshash musobaqalar tashkil etilib, Gazli MGQB jamoasi voleybol (jamoaviy) va shashka (yakkalik) turlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Yangiyer "KS-3B" xodimlari voleybol musobaqasida faol qatnashdi.

Musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichiga yo‘l olishdi.





Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech