Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.02.2024 17:18:00




Har bir murojaat e’tiborda!

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida “O‘ztransgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 283 ta yozma, Prezidentning Virtual qabulxonasi orqali 196 ta, elektron pochta orqali 13 ta hamda 203 ta og‘zaki murojaat kelib tushgan. 

Murojaatlarning 344 tasi qanoatlantirilgan, 324 tasi bo‘yicha mualliflarga to‘liq tushuntirish berilgan, 27 tasi o‘rganish jarayonida.

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan 19 nafar, mas’ul xodimlar tomonidan 14 nafar, ishonch telefoni orqali 8 nafar, sayyor qabullarda 162 nafar shaxs qabul qilingan.

Shuningdek “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida murojaatlarning ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha OAVda 19 marta chiqish qilingan. Jumladan, televidenie va radioda 1 ta, gazetalarda 4 ta, AJ veb-saytida 14 ta chiqish tashkil etilgan.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech